Serxio Aguero o‘zini chempionlikni qo‘lga kiritgan Argentina terma jamoasining bir qismi deb biladi.
2021 yilda Aguero "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi va bir necha oydan so‘ng yurakdagi muammolar tufayli faoliyatini yakunladi.
"G‘oya Leo bilan o‘ynash va jahon chempionatiga birga borish edi. Va keyin - aritmiya, shu sababli...
O‘ynamagan bo‘lsam ham, o‘zimni chempiondek his qilaman. Faoliyatimdagi so‘nggi golim "Real"ga qarshi bo‘lgan. Yomon emas, to‘g‘rimi?
"Barselona"dan o‘zim bilan nima olib ketganimni bilasizmi? Odamlar bu klubni qanchalik ishtiyoq bilan sevishadi. Ular menga qanchalik mehribon edilar, meni qanday qabul qilishdi. Men o‘zim Messi bo‘lgandek edim. Men ularga: "Eshiting, men Leo emasman", dedim. Yo‘q, siz Serxio Aguerosiz. "Va sen ham yaxshisan", deyishgan" -dedi Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi.