Aybek Nurbaev: "Bugungi mag'lubiyatga men javobgarman. O'zgartirishlarda xatoga yo'l qo'ydim"

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 23:16
  • 99
  • 30

Pro liga 5-turidan o'rin olgan "Jayxun" – "Olimpik Mobiuz" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida qatnashdi.

– "Olimpik Mobiuz"ni g'alaba bilan tabriklayman. Raqib o'yinga yaxshi tayyorlangan. Biz bugun o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Birinchi bo'limdagi imkoniyatlar ham ko'kka sovurildi. Ikkinchi bo'limda o'zgartirishlar qilishga majbur bo'ldim. Ammo baribir o'yinimiz chiqmadi. Almashtirilgan o'yinchilar kutilgandek natija berishmadi. Bugungi mag'lubiyatga men javobgarman. O'zgartirishlarda xatoga yo'l qo'ydim. Yigitlar borlarini berishmoqda. Muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olmadik. Muxlislarga rahmat aytaman va ulardan uzr so'rayman. Oldinda o'yinlar ko'p. Keyingi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. 

– "Olimpik Mobiuz"ning bugungi uchrashuvdagi harakatlariga qanday baho berasiz?

– Ularning hamma o'yinlarini ko'rib chiqdik. Jamoaga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Yildan yilga kuchayib bormoqda jamoa. Oldingi o'yinda "Lokomotiv"ni mag'lub qilishdi. "Olimpik Mobiuz" bu yil juda ko'p jamoani qiynaydi.

– Jamoaning psixolodik holati qanday deb o'ylaysiz? G'alaba qozonish uchun aynan shu jihat pand bermayaptimi?

– Bu taraflama yigitlarni qo'llab kelyapmiz. Bugungi o'yinda yigitlarda psixologik tomondan muammo bo'lmadi. Yaxshi o'yin ko'rsatsak ham natijaga erisha olmayapmiz. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar