"Inter" – "Barselona" 2:0
23:59, 6 may
Dastlabki uchrashuv: 3:3
Gollar: Martines (21), Chalxanoglu (45+1-pen).
"Inter": Zommer — Bastoni, Acherbi, Bisek — Dimarko, Mxitaryan, Chalxanog'lu, Barella, Dumfris — Tyuram, Martines.
Zaxira: Di Djennaro (d), Martines (d), Asllani, Darmyan, de Vrey, Zalevskiy, Zelinskiy, Karlos Augusto, Re Chekkoni, Taremi, Frattezi.
"Barselona": SHHensni — Martin, Martines, Kubarsi, Garsiya — Pedri, de Yong (k) — Rafinya, Olmo, Yamal — Torres.
Zaxira: Astralaga (d), Penya (d), Farre, Arauxo, Viktor, Gavi, Darvix, Kristensen, Levandovskiy, Lopes, Fati, Fort
SAHIFANI YANGILASH
45+1. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Chalxanoglu penaltidan unumli foydalandi! Hisob ikkiyu nol!
44. PE-NAL-TIIIIIIII!!! "Inter" penalti tepadi!
Bosh hakam vaziyatni o'zi monitorda ko'ryapti.
Bu vaziyatda penalti qo'yilmasa kerak. Biroq VAR penaltini tekshirmoqda.
42. KUBARSSSIIIIIIII!!! Pau jamoasini yaqqol goldan qutqardi. U o'z jarima maydonchasida Lautaroga "podkat" tashlab, to'pni olib qo'ydi. VAR bor.
40. ZARBAAAAAAAAA!!! Chalxanogluning qulay nuqtadan yo'llagan zarbasi to'rning tashqi tomoniga tegdi!
39. UXXXXX! Yamal ikki raqibini aldab, darvozaga zarba berish nuqtasiga kelganida Bastoni tomonidan to'xtatildi.
38. GENRIIIIXXXXX!! Geynrix kabi kutilmaganda Mxitaryan zarba berishni istadi. Zarba darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.
36. YAMAAAAALLLLLLL!! Ferranning chiroyli harakatlaridan keyin Lamin qulay nuqtaga chiqib bordi va o'ng oyog'ida noaniq zarba yo'lladi.
34. Xavfli vaziyat! Yamalning to'p uzatishidan keyin Ferran noqulay holatda darvoza tomon zarba berdi. Zarba anchagina xavfli va noaniq.
33. Bastoni "Barsa"ning tayanch hududidan osonlikcha o'tdi, biroq uni Inigo Martines kutib oldi va vaziyatni xavfsizlantirdi.
30. Barellaning qo'pol xatosidan keyin "Barsa" chap qanotidan hujumga o'tdi. Ferranga uzatilgan to'pni himoyachilar burchakka chiqarib yubordi.
28. "Barsa" yana hujumda. Olmoning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi raqiblariga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.
25. UXXXX!! "Barselona" yaxshi hujum uyushtirdi. To'p "Inter" futbolchisining boshiga tekkan bo'lsa-da, Olmo va "Barselona" futbolchilari penalti so'rashdi. VAR esa penalti yo'qligini tasdiqladi.
21. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! Martines hisobni ochdi!!!! Dani Olmoning qo'pol xatosidan so'ng Dyumfrisning super uzatmasidan keyin Lautaro ochiq qolgan darvozaga osonlik bilan to'pni kiritdi!
17. Xavfli vaziyat! Mxitaryan katta tezlikda chap qanotdan oldinga borib, markazga pas berdi, Martines "Barselona" joniga ora kirdi.
16. Tyuram tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.
15. Yamal tomonidan berilgan zarbani Zommer egallab oldi.
13. Tyuram raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.
10. Dumfris raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq yakuniy qarorga kelishda ikkilanib qolgani uchun to'pni yo'qotdi.
8. Yamal ikki raqibini ortda qoldirib, markaz tomon pas berdi, "Inter" himoyachisi qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
5. Yamalning o'ng qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, biroz noaniq ko'rinish oldi.
1. "Barselona"ning ilk hujumi zarba bilan yakunlandi.
1. O'yin boshlandi.