Sardor Abduraimov: "Biz uchun Superligadagi har bir o'yin dars bo'lyapti"

  • Mr.NoBoDy 07.05.2025 16:56
  • 99
  • 30

"Mashal" jamoasi Superliganing 8-turida mehmonda "Buxoro"dan ustun keldi.

Mazkur uchrashuvda so'nggi daqiqalarda Sardor Abduraimov va Humoyun Murtozaevning harakatlari yakunda g'alabaga etakladi. Oldinda jamoani "Qizilqum"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu borada muborakliklar sardori Sardor Abduraimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Xudoga shukurki, bu bahsda g'alaba qozondik. O'yinga keladigan bo'lsak, ikki jamoa uchun ham natija kerakli edi. Shu bois bu uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rdik. G'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmadi. "Buxoro" jamoasini yaxshi o'rganib chiqqandik, ular ko'proq standart vaziyatlarga urg'u berishi malum edi. Asosiy rejamiz to'pni nazorat qilishga qaratilgandi. Buni qanchalik uddalay oldik bilmayman. Yakunda biz istagan natija bo'ldi. 

Jamoamiz Superligaga ancha moslashib oldi. Bilasiz, tarkibimizda Superligada debyut qilayotgan futbolchilar bor. Ular o'zlaridan yomon taassurot qoldirishmayapti. Bir so'z bilan aytganda jamoamiz ancha shakllanib bormoqda. Har bir bellashuv bizga dars bo'lyapti.

Superliga ajoyib o'tmoqda. Hech qaysi jamoaga oson bo'layotgani yo'q. Men uchun "Paxtakor"ning natijalari kutilmagandek. "Dinamo" kutilganidan yaxshiroq natija qo'lga kirityapti. Ular ko'rsatayotgan futbol ham ancha mazmunli ko'rinishga ega. Bundan tashqari OKMK jamoasining o'yinlarini alohida etirof etish kerak",- deydi Sardor Abduraimov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar