Avvalroq, Madrid klubi va murabbiy hamkorlikni to'xtatishga kelishib olganlari malum bo'lgandi. Marca xabariga ko'ra, tomonlar bu haqda 11 may kuni bo'lib o'tadigan "Barselona"ga qarshi o'yindan keyin va 14 may kungi "Malorka"ga qarshi o'yingacha rasman elon qilishadi.
Anchelottining mavsum yakunlanishidan oldin ketishini elon qilish qarori uning Braziliya terma jamoasiga o'tishi bilan bog'liq - Braziliya futbol konfederaciyasi murabbiy 18 maygacha shartnoma imzolashini xohlamoqda. O'sha kuni 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Paragvay va Ekvadorga qarshi iyun oyida o'tkaziladigan o'yinlar uchun terma jamoa tarkibi elon qilinadi.
Klub ham, Anchelotti ham bu xabar futbolchilarni chalg'itmasligiga, aksincha, ularni murabbiy bilan munosib tarzda xayrlashishga undashiga ishonishmoqda.