Ertaga mankunianliklar Evropa Ligasi 1/2 final javob uchrashuvida "Atletik"ni qabul qiladi. Ushbu jamoalarning dastlabki o'yini inglizlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.
"Hozirgi holatda, agar Premer ligaga nazar solsak, men tayinlanganimdan buyon natijalar bo'yicha eng yomon jamoa bo'ldik. Mavsum yakunida biz Premer liga tarixida evrokubok sovrinini qo'lga kiritgan eng yomon jamoaga aylanishimiz mumkin.
Demak, hech narsa o'zgarmaydi. Bu mavsum umidlarimizni oqlamadi, buni bilamiz. Men hamon bu mavsumni so'nggi 50 yildagi eng yomoni deb hisoblayman," - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.
Malumot uchun, MYU hozirda APLda 39 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda. Jamoada Evropa Ligasini yutish imkoniyati bor.