ECHL. PSJ – "Arsenal" 2:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 08.05.2025 01:40
  • 165
  • 30

ECHL finalining ikkinchi ishtirokchisi aniqlanmoqda.

Chempionlar Ligasi

1/2 final

Javob uchrashuvi

PSJ – "Arsenal" 2:1 (LIVE)

Parij. "Park de Prens". 00:00

Gollar: Fabian Ruis 27, Ashraf Hakimi 72' – Bukayo Saka 76'

Gol urilmagan penalti: Vitinya 69' (darvozabon)

PSJ: Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Markinos, Vilyan Pacho, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis, Bredli Barkolya (Usmon Dembele, 70), Xvicha Kvaracxeliya, Dezire Due (Lyuka Ernandes, 74).

"Arsenal": David Rayya, Yurrien Timber, Uilyam Saliba, Yakub Kivyor, Mayls Lyuis-Skelli (Rikkardo Kalafori, 68), Deklan Rays, Tomas Parti, Martin Edegor, Bukayo Saka, Gabriel Martinelli (Laendro Trossard, 68), Mikel Merino.

Birinchi uchrashuv: 1:0

Ogohlantirishlar: Nunu Mendesh (18), Deklan Rays (26), Mayls Lyuis-Skelli (56).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



79. PSJ futbolchilari qisqa paslar bilan o'ynab, tempni biroz pasaytirmoqda va hujumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

76. GOOOOOL! Bukayo Saka himoyachi orqali kelgan to'pni qabul qilib olib, darvozabonni aldadi va bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi – 2:1! 

74. PSJda o'zgarish: Due o'rniga Ernandes tushirildi. 

72. GOOOOL! Dembele tushishi bilan foyda keltirdi, uning pasidan keyin Hakimi to'pni pastki burchakka yo'naltirdi – 2:0!

70. PSJda almashtirish: Barkolya o'rniga Dembele maydonga tushdi. 

69. Uuuux! Vitinya penaltidan unumli foydalana olmadi. Uning pastki burchakka yo'llagan zarbasini Rayya qaytardi!

68. "Arsenal"da 2 ta o'zgarish: Lyuis-Skelli o'rniga Kalafori, Martinelli o'rniga Trossard tushdi. 

66. Penalti! Hakimining zarbasidan keyin to'p Lyuis-Skellining qo'liga tegdi. 

65. "Arsenal" vakili qo'l bilan o'ynagan bo'lishi mumkin. Bosh hakam VAR monitori sari yo'l oldi. 

64. Uuuux! Bukayo Sakaning qoyilmaqom aylanma zarbasini Janluiji Donnarumma bartaraf etdi! Dahshaaat! Donnarumma "jinni", "tentak"!

60. Edegor ichkariga pas uzatdi, Donnarumma chiqib kelib to'pni urib yubordi.

58. Uuux! Saka burchak zarbasidan to'g'ridan to'g'ri darvozani poyladi, ammo Donnarumma to'pni qaytardi! 

57. Zarbaaa! Sakaning o'ng oyoqda bergan zarbasi yo'liga Mendesh g'ov bo'ldi, burchak zarbasi. 

56. Mayls Lyuis-Skelli Barkolyani qo'pollik ishlatib, to'xtatib qoldi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

53. Mendeshning pasidan so'ng Due darvoza tomon aylanma zarba berishga urindi, ammo to'p noaniq ko'rinish oldi. 

49. Martinelli chap qanotda Hakimini aldashga urindi, ammo kutilmaganda Barkolya yordamga etib keldi va to'pni olib qo'ydi.

48. Mahalliy aholi turli qo'shiqlarni kuylab, sevimli jamoalari Chempionlar Ligasi finaliga chiqayotganini bayram qilishni boshladi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Bukayo Saka jarima maydonchasi ichida faollik namoyish etib, zarbaga o'xshab ketadigan pas uzatdi, ammo to'p sherigiga qadar etib bormadi. 

41. Mehmonlar astoydil pressingda ishlamoqda, ammo ko'pchilik futbolchilar charchab qolgani uchun bu dastlabki 15 daqiqalikdagi kabi ish bermayapti. 

39. Nevesh va Due o'zaro kombinaciya hosil qilib, fint bilan sherigiga pas berdi, ammo londonlik himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

37. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika 43 ga 57 foizni ko'rsatmoqda. Biroq bu bo'yicha ustunlik hisobda aks etmasa, hammasi foydasiz bo'lib qolaveradi. 

35. Merino raqibni chalish orqali to'pni olib qo'yishga harakat qilib ko'rdi, biroq hakam qoida buzish qayd etdi.

33. Zarbalar bo'yicha statistika: 4 - 6

30. Uuuux! "Arsenal"dan qo'pol xato va PSJdan xavfli hujum. Barkolya bir himoyachini aldab, erlatib zarba berdi, ammo Rayya to'p darvozadan joy olishiga yo'l qo'ymadi.  

27. GOOOOOL! Fabin Ruis jarima maydonchasi chizig'idan yo'llagan kuchli zarbasi orqali to'pni shunchaki darvozaga joylab qo'ydi – 1:0!


26. Deklan Rays Xvicha Kvaracxeliyaga nisbatan qoidani buzdi va jazolandi. 

23. Zarba! Mehmonlar xatosidan so'ng Dezire Due darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, ammo to'p to'g'ri Rayyaning qo'llariga borib tushdi. 

22. Zarba! Timberning o'ng oyoqda olisdan bergan zarbasiga Janluiji Donnarumma ega chiqdi. 

18. Nunu Mendesh Yurrien Timberga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

17. Zarbaaa! Xvicha Kvaracxeliya jarima maydonchasi burchagidan zarba yo'lladi va darvoza ustunini poyladi. Yaxshi zarba. 

13. Parijliklar to'pni londonliklarga topshirib, himoyada xotirjamlikni saqlab turibdi. 

11. PSJ to'pni egallab olib, katta tezlikda oldinga o'tdi. Hakimining erlatib bergan pasi yaxshi o'ylandi, lekin bu David Rayyaga tayyor sovg'a edi. 

9. Donnarummaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Luis Enrike vaziyatdan foydalanib, shogirdlariga bir nimalarni uqtirmoqda. 

8. Zarbaaa! Dahshaaat! Martin Edegorning erlatib yo'llagan kuchli zarbasini Donnarumma qaytarishga erishdi! Qanday darvozabon-e bu! 

4. Zarbaaa! Martinellining yaqin masofadan chap oyoqda bergan zarbasini Donnarumma qaytardi! Eng qizig'i, to'p "aut"dan uzatilgandi. 

3. Uuuux! Timberning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Deklan Rays bosh bilan darvozani biroz noaniq nishonga oldi. Birinchi xavfli zarba "Real"ni ranjitgan futbolchida. 

2. "Park de Prens" bugun shunchaki "yonadi". PSJ birinchi uchrashuvdagi shashtini ko'rsatsa, "Arsenal" yo'qotadigan narsasi yo'qligini his etgan holda jang taklif etadi. 

1. Germaniyalik bosh hakam Feliks Cvayer o'yinni boshlab berdi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi va ECHL madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Uchrashuv 00:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar