"Bu nima edi? Bilmadim. Shunchalik baland ovozda nishonladimki, boshim aylanib ketdi. Myunxendagi o'yindan keyin bunday his-tuyg'ularni boshimdan o'tkazaman deb o'ylamagandim. Lekin futbolning jozibasi cheksiz. Bularning barchasi mening fidokorona mehnatim uchun mukofot bo'ldi",- deydi Frattezi UEFA rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, Frattezi chorak finalda "Bavariya"ga qarshi o'yinda ham hal qiluvchi gol muallifiga aylangandi.