Konte klubning transfer siyosatidan norozi. Shuningdek, nashrning yozishicha, italiyalik mutaxassisga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Konte 2011 yildan 2014 yilgacha "oq-qoralar" safida ishlagan.
Qayd etilishicha, Neapol klubida uning o'rnini "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri egallashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" 35-tur yakuniga ko'ra A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. "Napoli" esa o'tkazilgan shuncha o'yindan so'ng Italiya chempionatida peshqadam bo'lib turibdi.