"Al Hilol" jamoasi portugaliyalik murabbiyga taklif bilan chiqqan.
Jorje Mendesh bilan xayrlashgan saudiyaliklar bir nechta murabbiy bilan muzokara o'tkazishni reja qilgan. Silva esa «Al Hilol»ni boshqarish uchun asosiy davogarga aylandi. Muzokaralar davom etmoqda va katta ehtimol bilan murabbiy "Al Hilol"ni boshqarishga rozilik beradi.
Murabbiyning "Fulxem" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Al Hilol" rahbariyati Silvaning "Fulxem" bilan shartnomani bekor qilishi uchun inglizlarga tovon puli to'lashga tayyor.