"Farmacevtlar" niderlandiyalik futbolchini 30 mln funt (35,4 mln evro) evaziga qo'yib yuborishi mumkin, mersisaydliklar buni bozor narxidan past deb hisoblamoqda. Ammo, "Liverpul"ga "Manchester Siti" va "Seltik"dan raqobat bo'lishi mumkin.
Frimpong joriy mavsum barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 12 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 50 mln evroni tashkil etadi.