26 yoshli posbonni "Inter" va "Yuventus" klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda. Milanliklar Donnarummani 2025/26 yilgi mavsum oxirida tekinga qo'lga kiritmoqchi va futbolchiga yiliga 9 million evro to'lashga tayyor.
Turin klubi bu transferni yozda amalga oshirishni maqul ko'radi va PSJga kichikroq summa va Donnarummaga "Inter"nikidan kamroq maosh taklif qiladi.
Darvozabon 2021 yildan beri francuz klubida o'ynamoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.