PFL matbuot xizmati tomoshabinlar tashrifi bo'yicha ko'rsatkich bilan bo'lishdi.
Unga ko'ra, kuchli uchlikni vodiy jamoalari band etgan. "Andijon"ning bir o'yiniga o'rtacha 14 069 tomoshabin kirsa, "Navbahor"ning bahsiga 13 176 muxlis, "Neftchi"nikiga esa 11 700 muxlis tashrif buyuradi.