Nega murabbiylar yoshlarni kashf qilmaydi?

  • Mr.NoBoDy 09.05.2025 12:56
  • 90
  • 30

"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sherzod Azamov murabbiylarning yosh futbolchilarni kashf etishi qiyin masala ekanligini aytdi.

"Mana bu o'yinchini chiqaray degan narsa hech kimning xayolida yo'q. Hech bir murabbiyda Abbos Fayzullaev kabi futbolchini kashf qilaman degan qarash mavjud emas. Murabbiylar "o'rinbosarlarda mana bu bola bor ekan" yoki qaysidir futbolchini o'stirish kabi narsalar haqida o'ylamaydi, chunki biladiki, murabbiy rahbariyat qaroriga ko'ra, istalgan vaqtda ishdan bo'shatilishi mumkin", – dedi Azamov.

Podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashevning takidlashicha, "Nasaf" bosh murabbiyi keyingi yil ham jamoada ishlashini bilgan holda yoshlarga imkon beradi. Masalan, OKMKda ishlayotgan Mirjalol Qosimov ham bemalol yoshlarga tayana boshlagan, chunki olmaliqliklar rahbariyati yoshlarga etibor berishni maqsadlari qatoriga qo'shgan.


"90minutuz" podkasti to'liq holda:

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar