Hakamlar akademiyasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

  • Mr.NoBoDy 09.05.2025 16:05
  • 84
  • 30

O‘zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Hakamlar akademiyasi tashkil etilganidan xabaringiz bor.

“Chig‘atoy” sport bazasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Tajribali instruktorlar tomonidan yosh referilarga mashg‘ulotlar davomida hakamning yetakchilik qobiliyatlari, jismoniy tayyorgarlik va hakamlik metodikasi, hakamning o‘yindagi vakolati, yakkakurashlar, qo‘l bilan o‘yin, taktik qoidabuzarliklar, intizomiy jazo choralari, jarima va erkin zarbalar singari yo‘nalishlarda tavsiyalar va ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.

Yangi akademiya nafaqat o‘quv markazi, balki yosh hakamlar uchun tajriba almashish, tahlil qilish va doimiy o‘sish uchun imkoniyat taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, akademiyadagi ta’lim jarayoni 6 ta moduldan iborat bo‘lib, o‘quv kursining birinchi moduli 12-mayga qadar davom etadi. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan hakamlar Birinchi liga, Proliga, Superliga va OFK tasnifidagi turnirlarni boshqarish uchun tavsiya etiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar