APLda aprel oyining eng yaxshi murabbiyi elon qilindi

  • Mr.NoBoDy 09.05.2025 17:32
  • 108
  • 30

"Vulverxempton" bosh murabbiyi Vitor Pereyra Angliya Premer-ligasining o'tgan oydagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Uning jamoasi aprel oyida chempionatdagi barcha 5 uchrashuvda g'alaba qozondi.

"Bu biz uchun juda yaxshi oy bo'ldi. Biz raqobatbardosh edik, lekin bu soyadagi ko'plab odamlarning mehnati samarasi. Yolg'iz hech narsaga erisha olmaymiz – xodimlarsiz, muxlislarsiz, oshxona va sport zalida ishlaydiganlarsiz. Bu mukofot hamma uchundir", – dedi Pereyra.

Pereyra muxlislar va ekspertlar qatnashgan so'rovnomada Unai Emeri ("Aston Villa"), Pep Gvardiola ("Manchester Siti"), Eddi Xau ("Nyukasl") va Arne Slotni ("Liverpul") ortda qoldirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar