Ispaniyalik murabbiy qolgan uchrashuvlar uning jamoa boshqaruvidagi so'nggi o'yinlari bo'lishini malum qildi.
"Bu mening "Bayer"dagi so'nggi o'yinlarim bo'lishini tasdiqlash vaqti keldi", – dedi Alonso.
Alonso 2022 yilda "Bayer"ni qabul qilib olgan va klubni tarixiy g'alabalar – Bundesliga chempionligi va Germaniya Kubogi sari etaklagandi. U avvalroq "Real Sosedad"ning yoshlar va o'rinbosar jamoalari bilan ishlagan.
Mutaxassis faoliyatidagi keyingi qadam "Real"da Karlo Anchelottini almashtirish bo'ladi.
Avvalroq Xabi Alonso "Real" bilan necha yillik shartnoma tuzishi malum qilingan edi.