Klub mavsumni qachon bunchalik uzun mag'lubiyatsiz seriya bilan boshlaganini bilasizmi?
Javob: 1999 yilda. Ha, bundan 26 yil avval "Samarqand" deb nomlangan klub Oliy liganing dastlabki 11 ta turida 9 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etgan. O'sha mavsumda ham chempionatda 16 ta klub ishtirok etgan va "Samarqand" mavsumni 7 ta mag'lubiyat bilan tugatgan va 5-o'rinni egallagan.
Malumot uchun, 2000 yilda "Samarqand-Dinamo" mavsum o'rtasida ketma-ket 8 ta uchrashuvda yutqazmagan.
Agar o'tgan mavsumni ham qo'shib hisoblasak "Dinamo" Superligada 9 ta o'yindan buyon yutqazmay kelmoqda. "Dinamo" birinchi davradagi navbatdagi o'yinlarni "Buxoro", "Qizilqum", "Xorazm" va "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.