Superliga. OKMK navbatdagi kambekni Qo'qonda amalga oshirdi

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 20:08
  • 60
  • 30

Superliganing 9-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” - OKMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.


“Qo'qon-1912” — OKMK - 1:3
10 may 2025 yil. Qo'qon, "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar: 
Asker Najafaliev, Ruslan Serazitdinov, Islom Azimov, Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Anvar Marajabov
Komissar: Shohruh Said

Gollar: Avazbek O'lmasaliev 38 avtogol, - 1:0. Avazbek O'lmasaliev 73, - 1:1. Asadbek Sobirjonov 81, - 1:2. Asadbek Sobirjonov 88, - 1:3 (Aziz Xolmurodov).

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov (20.Iqboljon Malikjonov, 19), 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Shota Gvazava (9.Javohir Husanov, 88), 8.Baxtiyorjon Qosimov, 11.Shahzod Beshimov (18.Bahrom Abdurahimov, 88), 14.Jasur Xolto'raev (69.Egor Kondratyuk, 65), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov, 44.Andro Giorgadze.
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 10.Husniddin G'ofurov, 15.Zafar Hakimov, 23.Bekjon Jo'raboev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

OKMK: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Mirjamol Qosimov (99.Asadbek Sobirjonov, 64), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Kleydi Daci (8.Aziz Xolmurodov, 46), 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov (16.Naoaki Senaga, 64), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 28.Arixiro Sentoku (11.Ruben Sanches, 46), 77.Nodirbek Abdurazzoqov.
Zaxira: 31.Muhammad Ubaydullaev, 5.Giorgi Papava, 13.Eldorbek Begimov, 23.Ajak Riak, 90.Abubakr Rizo Turdialiev.

Ogohlantirishlar: Kleydi Daci 34.



YANGILASH


90+7. Uchrashuv yakunlandi, "Qo'qon-1912" - OKMK 1:3

90+6. ZARBA! Bahrom Abdurahimovning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!

90. O'yinga 7 daqiqa qo'shildi

88. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Gvazava va Beshimov o'rniga Husanov va Abdurahimov tushdi

88. GOL! O'ng qanotdan Xolmurodov uzatgan to'pni Sobirjonov yaqin masofadan darvozaga yo'lladi - 1:3. 




81. GOL! Asadbek Sobirjonov Salimovning xatosidan keyin to'pni egallab olib jarima maydoni tashqarisidan supergol urdi - 1:2! 

80. Xavfli vaziyat! Azizxon Isaqovning to'p uzatishidan keyin Beshimov birga bir chiqib ketayotgandi, Sayyotov boshi bilan to'pni qaytardi. Kondratyukning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi

73. GOL! Xurshid G'iyosov uzatgan to'pni Avazbek O'lmasaliev darvozaga yo'lladi - 1:1. 




72. UXXX! "Qo'qon-1912"ning hujumi, Beshimovning to'p uzatishini O'lmasaliev "o'qidi" va hujumni qaytarib o'z jamoasi hujumini boshlab berdi

67. Xavfli vaziyat. Chap qanotdan Abdurazzoqov uzatgan to'pni Xolmurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

65. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Xolto'raev o'rniga Kondratyuk tushdi 

64. O'zgarishlar. OKMK. Qosimov va Muqumjonov o'rniga Sobirjonov va Senaga tushdi

64. Yo'q, penalti yo'q deb topildi

62. Bosh hakam VAR monitori yoniga bordi, OKMK penalti tepishi mumkin

54. Qarshi hujum, Baxtiyor Qosimovning uzun to'p uzatishidan keyin Muhammadanas Hasanov birga bir vaziyatga chiqib ketayotgandi, Sayyotov darvozasini tark etib to'pni qaytarib yubordi

50. ZARBA! OKMKning hujumi Xurshid G'iyosovning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchsiz zarbasidan keyin Isaqov to'pni ushlab oldi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46.O'zgarishlar. OKMK. Daci va Sentoku o'rniga Xolmurodov va Sanches tushdi


45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

38. GOL! O'ng qanotdan Muhammadanas Hasanovning oshirgan to'pini Shahzod Beshimov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. Gol urilgan vaziyatda to'p Avazbek O'lmasalievga tegib darvozadan joy olgani uchun avtogol yozildi. 




34. Ogohlantirish. OKMK. Kleydi Daci

33. OKMKning hujumi, Ahmadalievning uzatgan to'pi G'iyosovga bordi, Xurshid to'pni orqaga qaytardi, Rustamovning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi

30. Havo issiqligi uchun futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat yaratib berildi.

27. Xavfli vaziyat! OKMKning qarshi hujumi vaqtida Daci deyarli birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi, ammo fint qilishda xato qildi va vaziyat chippakka chiqdi

25. ZARBAAAA! OKMKning hujumi bu safar chap tomondan amalga tashkil etildi, Muqumjonov uzatgan to'pni Daci to'xtatib orqaroqdagi sherigiga uzatdi, Abdurazzoqov zarba bera olmadi, uning ortidagi Mirjamol Qosimovning zarbasi esa darvoza ustidan o'tib ketdi!

23. ZARBAAAAA! Bu safar burchak to'pidan keyin yana Giorgadze boshi bilan zarba yo'lladi, yana Sayyotov o'z o'rnida!

22. ZARBAAAA! Jarima to'pidan keyin Andro Giorgadze boshi bilan darvozaga aniq zarba berdi, Sayyotovdan yaxshi seyv!

19. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Toshtemirov o'rniga Malikjonov tushdi



17. O'yinda to'xtalish, "Qo'qon-1912" himoyachisi Asliddin Toshtemirov jarohat oldi va unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

16. Xavfli vaziyat! OKMKning hujumi o'ng tomondan tashkil etildi, Ahmadaliev raqib jarima maydoniga kirib to'pni sheriklari tomon uzatdi, Asliddin Toshtemirov to'pni qaytarib yubordi

10. Dastlabki daqiqalarda kutilganidek tashabbus va to'p nazorati OKMK tomonida. Ammo bu futbolda ko'p narsani anglatmaydi

8. ZARBA! Nodir Abdurazzoqov jarima maydoni ichiga kirib yaqin masofadan noaniq zarba berdi! Qanot hakami bu vaziyatda ofsayd borligini ko'rsatdi




1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar