Ibrohim Ibragimov: "Xorijlik murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq anglamagandirmiz"

  • Mr.NoBoDy 11.05.2025 11:56
  • 75
  • 30

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun tomoshabop va gollarga boy o'yin bo'ldi. Bu o'yinga yaxshi tayyoragrlik ko'rgandik. Murabbiy ko'rsatmalarini to'laqonli bajardik. Qolaversa, o'z maydonimizda, o'z muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. 

Bugun ko'pgina jamoadoshlarimning qaydnomadan o'rin olmaganiga hech qanday sabab yo'q. Ularning bazilari shamollab qolishdi, bazilarida jarohat mavjud. Jamoada hammasi yaxshi. 

Maydonga har o'yinda yaxshi niyat bilan tushaman. Faqat gol urish emas, balki jamoadoshlarimga golli uzatmalar amalga oshirish istagida bo'laman. Umuman olganda, jamoamga foydam tegishi men uchun eng katta natija hisoblanadi. Golimni ota-onam, oila azolarimga bag'ishlayman.

Ha, bizning natijalarimizda stabillik etishmayapti. To'g'risini aytsam, sababini bilmadim. Xorijlik murabbiy bilan tarjimon orqali muloqot qilardik. Ehtimol, biz futbolchilar uning ko'rsatmalarini to'liq anglamagandirmiz", dedi 24 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar