Vladimir Nazarov: "Golli uzatma amalga oshirish yoqimli. Lekin bu ko'rsatmalarning bir bo'lagi edi"

  • Mr.NoBoDy 11.05.2025 12:32
  • 78
  • 30

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Buxoro" (6:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar darvozaboni Vladimir Nazarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Katta rahmat, juda mamnunman. Barchani g'alaba bilan tabriklayman, yirik hisobda raqibdan ustun keldik. Yigitlarga barakalla deyman, bugun barcha o'ziga xos xarakter namoyish eta olishdi, mag'lubiyatdan so'ng barchasi jon-jahdi bilan harakat qildi.

Golli uzatma amalga oshirish yoqimli. Lekin bu ko'rsatmalarning bir bo'lagi edi. O'yin davomida murabbiy tomonidan tezkor qarshi hujumga chiqish ko'rsatmasi berilgandi. Xudoga shukur, rejalarimiz amalga oshdi.

Jonatan Luis bilan raqobat? Raqobat doim bo'ladi, lekin bu yaxshi holat. Men ham, u ham shakllanib boryapmiz. Jamoa uchun eng muhimi – maydonga tushib, o'z mahoratini ko'rsata olish kerak", dedi 22 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar