"Garchi hisob yirik ko'rinish olgan bo'lsa-da, o'yin keskin ruhda o'tdi. Uchrashuv shiddati yuqori bo'lmasa-da, "Buxoro" baribir qarshilik ko'rsatdi. Oson o'yin deb bo'lmaydi, ancha kurash bo'ldi. Xudoga shukr, g'alaba qozondik. Muxlislarga rahmat, jamoadoshlarimga rahmat, ular hisob 2:0 yoki 3:0 bo'lganida ham qo'l siltamay, oxirgi daqiqagacha o'ynashga va gol urishga harakat qilishdi. Buxoroliklarga ham tushkunlikka tushmasliklarini tilayman. Buni hayot, buni futbol deydilar, ularga eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Tarkibdagi o'zgarishlar nima bilandir bog'liqmi yoki yo'qmi, bu haqda bilmayman. Men o'yinchiman va bunday narsalar haqida gapirish huquqim yo'q. Bunday savollarga javob berish mening vazifam emas", dedi 32 yoshli futbolchi.