"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li "Reynjers" ustozi bo'lishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, italiyalik murabbiyga Ispaniyaning nomi oshkor etilmagan ikki klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Davide Anchelotti 2021 yil yozidan beri otasining "Real"dagi yordamchisi hisoblanadi. U Karlo bilan birga "Everton", "Napoli", "Bavariya" va PSJ klublarida ishlagan.
Avvalroq, "Real" tez orada Karlo Anchelottining istefosini elon qilishi xabar qilingandi.