"Shaharliklar" qishda Andrea Kambyazoni sotib olish uchun sarmoya kiritishni rejalashtirgan edi, ammo yakunda transfer amalga oshmadi.
Savona ingliz klubi tomonidan muqobil variant sifatida ko'rib chiqildi. Hozircha tomonlar og'zaki kelishuvga erishgan, kelgusida bitim rasmiylashtirilishi kerak.
Himoyaning o'ng qanotida harakat qilayotgan 22 yoshli Nikolo Savona joriy mavsum 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining narxi 14 million evroga baholanmoqda.