Tonali Manchester klublari short-listiga kirdi

  • Mr.NoBoDy 12.05.2025 15:24
  • 69
  • 30

"Nyukasl" italiyalikni jamoada saqlab qolmoqchi.

"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali APLning ikkita klubida nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan.

Gap Manchester vakillari – "Yunayted" va "Siti" haqida ketmoqda. Biroq "hakkalar" italiyalik yarim himoyachini tarkibida saqlab qolish niyatida.

Tonali ushbu mavsum "Nyukasl" libosida barcha musobaqalarda 42 o'yinda maydonga tushdi. Xavbek 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchining xizmatlariga "Yuventus" qiziqayotgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar