Anchelotti Braziliya terma jamoasida qachon ish boshlashi aniq bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 12.05.2025 18:55
  • 78
  • 30

Ma’lumotlarga qaraganda, Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi.

The Athletic nashri insayderi Devid Ornsteynning xabar berishicha, italiyalik mutaxassis "pentakampeonlar" bilan shartnoma imzoladi va 26 may kuni jamoa bilan ish boshlaydi.

65 yoshli Anchelotti La Liganing so‘nggi turida «Real Sosyedad»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng «Real Madrid» klubini tark etadi.

Braziliya futbol konfederasiyasi bilan barcha kerakli kelishuvlarga erishilgan va shartnoma imzolangan. Karlo Braziliya erkaklar terma jamoasi tarixidagi ilk chet ellik murabbiy bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar