FIFA U-17 Jahon chempionatiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

  • Mr.NoBoDy 13.05.2025 09:22
  • 129
  • 30

FIFA 2025 yilning 3–27 noyabr kunlari Qatar mezbonlik qiladigan U-17 Jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, mazkur tadbir joriy yilning 25 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Doha shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mundialda ishtirok etuvchi 48 jamoa 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchadan o‘rin olgan:

1-savatcha
Qatar (musobaqa mezboni)
Braziliya
Fransiya
Mali
Germaniya
Meksika
Argentina
Angliya
Yaponiya
Paragvay
AQSH
Senegal

2-savatcha
Koreya Respublikasi
Marokash
O‘zbekiston
Italiya
Belgiya
Yangi Zelandiya
Chili
Venesuela
Xorvatiya
Kolumbiya
Gonduras
Burkina-Faso

3-savatcha
Kosta-Rika
Tojikiston
Panama
Indoneziya
KXDR
Kot-d’Ivuar
Tunis
Yangi Kaledoniya
Kanada
Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)
Avstriya
Gaiti

4-savatcha
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)
Portugaliya
Chexiya
Irlandiya
Shveysariya
Zambiya
Misr
Uganda
Boliviya
Saudiya Arabistoni
El-Salvador
Fiji

Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa joriy yilning 3–27 noyabr kunlari Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadi. 12 guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-o‘rin sohiblari 1/16 final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar