Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
"Sumqayit" futbol klubi bosh murabbiy Vagif Javadov bilan o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Javadov murabbiylik faoliyatini klubimiz jamoalaridan birida davom ettiradi", – deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etish joiz, Vagif Javadov "Sumqayit"ni 28 uchrashuvda maydonga boshlab tushdi va 7 g'alaba, 6 durang va 15 mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa so'nggi bor Ozarbayjon Premer-ligasi 34-turida "Kapaz"dan engilgan edi.
"Sumqayit" hozir 30 ochko bilan 9-o'rinni band etib turibdi.