O'FA rahbariyati Niderlandiyaning O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi: PSV vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 13.05.2025 12:00
  • 96
  • 30

O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Niderlandiya Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Niko Shermers bilan ko'rishdi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. 

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov uchrashuvda o'zbek futbolining tarixi, Prezident tashabbusi bilan qad rostlayotgan Milliy futbol markazining faoliyati hamda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirib, associaciya ikki mamlakat futbolining rivoji yo'lida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini malum qildi.

Shuningdek, ayollar va bolalar futbolini rivojlantirish, ikki mamlakat futboli mutaxassislari ishtirokida tajriba almashish maqsadida turli seminarlar o'tkazish masalalari muhokama qilindi. Futbol talimi, texnologiyalar va sport tibbiyoti yo'nalishlarida hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari, Niderlandiyaning etakchi klublaridan biri bo'lgan PSV Eyndxoven vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash tizimini samarali yo'lga qo'yish va bu borada muzokaralar olib borish muhimligi takidlandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar