"Yiliga taxminan 7 million evro to'lanadi. Shartnoma "2+1" ko'rinishida bo'ladi. De Bryuyne shartnomasining uchinchi yili kafolatlanishini istardi", – deya qo'shimcha qildi insayder.
De Bryuyne 2015 yildan buyon "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. Kevin "shaharliklar"ga o'tishdan oldin Belgiyaning "Genk", Londonning "Chelsi" hamda Germaniyaning "Verder" va "Volfsburg" klublarida o'ynagan.
Xavbek ingliz grandi tarkibida 16 ta titulni qo'lga kiritdi, ulardan biri 2022/2023 yilgi mavsumdagi Chempionlar Ligasi sovrini hisoblanadi.
Avvalroq tajribali xavbek "Napoli"ga o'tishga rozi ekanligi malum bo'lgan edi.