Darvozabon Voycex Shensnining aytishicha, klub unga yangi shartnoma taklif qilgan.
"Klubdan shartnomani 2 yilga uzaytirish bo'yicha taklif oldim. Biroq men oilam bilan maslahatlashib ko'raman, shundan so'ng bir qarorga kelaman", – dedi mavsumni yorqin o'tkazayotgan tajribali posbon.
Shuningdek, "Barselona" bosh murabbiy Xans-Diter Flikka ishonch bildirishda davom etmoqchi. Germaniyalik mutaxassis keyingi mavsumda Kataloniya klubini boshqaradi. Yangi kelishuv esa 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallanadi.