“Real Madrid“ ikkita himoyachi uchun 100 million evro to'lashga tayyor

  • Mr.NoBoDy 14.05.2025 09:16
  • 138
  • 30

“Real Madrid“ yozda himoya chizig'ini kuchaytirishni reja qilgan.

“Real“ga yangi murabbiy bo'lishi kutilayotgan Xabi Alonso klub rahbariyatiga “Bornmut“ markaziy himoyachisi Din Xyoysen va “Benfika“ chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni sotib olish istagi haqida malum qildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi“ nomi ko'rsatilgan futbolchilarni sotib olish uchun 100 million evrodan ko'proq mablag' sarflashga tayyor. “Bornmut“ vakillarining takidlashicha, Xyoysenga qiziqayotgan jamoa uning uchun 58 million evro tovon puli to'laydi. O'z navbatida, Karrerasning shartnomasida 50 million evroga muddatidan oldin bekor qilish bandi ham mavjud.

Joriy mavsumda Xyoysen barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Karreras barcha musobaqalarda 48 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar