Ibragimovich Messining jamoadoshlarini tanqid qildi: "U haykallar bilan o'ynamoqda"

  • Mr.NoBoDy 01.07.2025 11:48
  • 39
  • 30

PSJ sobiq yulduzi va hozirda "Milan"ning katta maslahatchisi Zlatan Ibragimovich "Inter Mayami" Klublar o'rtasidagi JCH-2025 1/8 final bosqichi doirasida parijliklarga 0:4 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng fikrlarini bildirdi.

Ibragimovichning so'zlariga ko'ra, muvaffaqiyatsizlikda argentinalik faxriyning aybi yo'q:

"Mag'lub bo'lgan Messi emas, uning jamoasi bo'ldi. U go'yo haykallar bilan o'ynayotganga o'xshaydi. Bu futbolchilar xuddi cement qoplarini ko'targandek harakat qilmoqda. Agar Leo haqiqiy jamoada bo'lganida, haqiqiy sherni ko'rgan bo'lardingiz. Hozir ham u maydonda 99 foiz o'yinchi qodir bo'lmagan ishlarni qilyapti", – dedi Zlatan.

Mag'lubiyatdan so'ng Messi "Inter Mayami" uchun dunyoning kuchli 16 jamoasi qatoriga kirish allaqachon munosib natija ekanligini takidladi.

Parij klubi endi chorak finalda Myunxenning "Bavariya"si bilan o'ynaydi. O'yin 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar