Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning shaxsan o'zi "Bayer" futbolchisi Florian Virc transferiga qiziqmoqda. Gavrdiola Virc bilan bir necha marotaba suhbatlashgan va uni Kevin De Bryuynega o'rinbosar sifatida ko'rayotganini aytgan. Nemis jamoasi o'z etakchisini 150 million evroga sotishga tayyor.
"Manchester Siti" yarim himoyachi uchun "Bavariya" bilan kurashishga to'g'ri keladi. Nemis grandi ham germaniyalik yarim himoyachi bilan shartnoma tuzishni reja qilgan.
Malumot uchun, Virc joriy mavsum 44 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta assist amalga oshirdi.