- Mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi?
- Qiyin o'yin bo'ldi. Mag'lubiyatga asosiy sabab nima ekanligini bilmayman. Futbolda bu hol uchrab turadi. Endi buni unutib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
- "Bunyodkor"ga qarshi o'yindagi qo'ldan chiqarilgan g'alabaning bugungi o'yinga ruhiy tasiri bormidi?
- Yo'q, sababi biz har bir o'yinga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Mag'lubiyatimiz va diqqatimizni Superligaga qaratishimiz darkor.
- "Nasaf" o'tgan yili kubokni qurbon qilish evaziga bor etiborini Superligaga qaratib, chempionlikni qo'lga kiritgandi. "Paxtakor"ga qarshi o'yindan avval jamoani faqat g'alaba qoniqtirardi. Shunga qaramay, dastlab aralash tarkib maydonga tushdi. Buni qarshiliklarning ushbu turnirga bor diqqatini qaratmaganligi bilan izohlash mumkinmi?
- Yo'q, unday emas. Tarkibdagi barcha futbolchilar yaxshi holatda. "Paxtakor"ga qarshi bahsda avvalgi o'yinlarda maydonga tushmagan o'yinchilarga imkon berildi. Barchamizning jismoniy va ruhiy holatimiz bir xil, deb o'ylayman. Shu sababli, barchaga imkon berilishi lozim. Hali oldinda o'yinlar ko'p. Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlab turishsin, ularni xursand qilishga harakat qilamiz.