Igor Sergeev: "Nasaf"ga qoyil qolish kerak, ular chiroyli futbol namoyish etishdi. Meni Mbappe yoki Rafinya bilan taqqoslash shart emas"

  • Mr.NoBoDy 14.05.2025 11:32
  • 81
  • 30

O'zbekiston kubogi "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (6:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Igor Sergeev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Nasaf"ga qarshi o'yin qanday taassurot qoldirdi?

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Ochiq o'yin. Guvohi bo'lganingizdek, gollar u yoqdan-bu yoqqa ketaverdi. Menimcha, "Nasaf" 3:6 hisobida yutqazgan bo'lsa-da, O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Ular juda chiroyli futbol namoyish etishdi. Rostdan ham, qoyil qolish kerak. Chin dildan xursandman. Ular uchun emas, shunchaki bor gapni aytayapman. Xudoga shukur, imkoniyatlarimizni golga aylantirdik. Diqqatimiz jamlangan edi. G'alaba qozondik, muxlislarni xursand qildik. Xudoga shukur, uchta gol urdim. Oldinga intilishda davom etamiz.

- Bugun xet-trik qayd etdingiz. Qolaversa, uzoq masofadan Bekxem uslubida gol urishingiz mumkin edi...

- Bazida biror holat o'xshaydi, bazida o'xshamaydi. Harakat qildim, lekin aynan o'sha paytda omad menga kulib boqmadi, deyish mumkin. Aytmoqchimanki, eng muhimi - g'alaba qozondik, eng muhimi - gol urdim.

- Biz yaqinda bo'lib o'tgan El Klassikoga o'xshash o'yin ko'rdik. Lekin "Real" muxlisi ekanlingizi inobatga olib, sizni o'sha bellashuvdagi qaysi yulduzga qiyoslash mumkin: Mbappe yoki Rafinya?

- Yo'q, bu haqda gapirmagan bo'lardim... Meni kim bilandir taqqoslash shart emas. U erda jahon darajasidagi yulduzlar bor, shuning uchun men o'zimni hech kim bilan solishtirmayman. Agar kimdir taqqoslasa, mayli, men o'zimni taqqoslamayman. El Klasikoga kelsak, rostdan ham, o'yin chiroyli, shiddatli va qiziqarli bo'ldi. Hujum ustiga hujum bo'ldi, shuning uchun muxlislarga ham yoqqan bo'lsa kerak deb o'ylayman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar