QOZOG'ISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – «Turon»)
Qozog'iston chempionatida 8-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
«Jenis» – «Qayrat» – 1:2
«Qiziljar» – «Ulitau» – 2:1
«Turan» – «Atirau» – 1:0
«Astana» – «Tobil» – 1:3
«Jetisu» – «Oqjetpes» – 1:3
«Ordabasi» – «Qaysar» – 5:0
«Aqtobe» – «Elimay» – 1:0
Turnir jadvalida «Qayrat» 23 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Bir o'yin kam o'tkazgan «Aqtobe» 4 ochko ortda qolgan holda eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.
To'purarlar ro'yxatida «Qayrat»ning yosh forvardi Dastan Satpaev va «Astana» hujumchisi Marin Tomasov 6 tadan gol urgan holda etakchilik qilmoqda.
9-tur o'yinlari 17–18 may kunlari o'tkaziladi.
Shuningdek, mamlakat kubogining chorak final o'yinlari o'tkazildi. Chempionat turnir jadvalida etakchilik qilayotgan «Qayrat» ushbu bosqichda ishtirokini yakunladi.
Yarim finalda quyidagi juftliklar kuch sinashadi:
«Qiziljar» ???? «Ordabasi»
«Tobil» ???? «Jenis»
Yarim final bahslari 18 iyun sanasida bo'lib o'tadi.
TOJIKISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – «Esxata»); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – «Istaravshan»); Zafar Ismoilov («Hulbuk»); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – «Xo'jand»); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – «Panjsher»).
Tojikiston chempionatida 8-tur o'yinlari ortda qoldi. «Istiqlol» va «Vaxsh» o'rtasidagi markaziy o'yinda hisob ochilmadi. Mazkur ikki jamoa turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
To'purarlar jadvalida esa birato'la 4 nafar futbolchi beshtadan gol urgan holda etakchilik uchun kurash olib bormoqda.
Shuningdek, 8-turga tashrif buyurgan tomoshabinlar ko'rsatkichi elon qilindi. Unda eng yuqori ko'rsatkich 2050 nafar muxlisni tashkil etadi.
9-tur uchrashuvlari 16–18 may kunlari o'tkaziladi.
QIRG'IZ RESPUBLIKASI
O'zbekistonlik futbolchilar
Abdug'ani Kamolov («Abdish-Ata»), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – «Alay»); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – «Asiagol»); Dadaxon Yusupov («Ilbirs»), Sherzod Abdullaev («Qirg'izoltin»), Aziz Kosibxonov («Muras Yunayted»), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov («Neftchi»), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – «O'shSU-Aldier»); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – «O'zgan»), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – «Talant»).
Qirg'iz Respublikasi chempionatida 9-tur o'yinlari ortda qoldi. Turnir jadvalida «Muras Yunayted» peshqadamlik qilmoqda. Bir ochko ortda borayotgan «Alay» eng yaqin taqibchi hisoblanadi.
To'purarlar jadvalida «Neftchi» hujumchisi Eldar Moldojunusov 6 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. «Qirg'izoltin» hujumchisi Nurbol Baktibekov hisobida 5, «Dordoy» yarim himoyachisi Kimi Merkda 4 ta gol mavjud.
10-tur o'yinlari 15–18 may kunlari o'tkaziladi.
TURKMANISTON
Turkmaniston chempionatida taqvimga ko'ra 10-tur va undan so'ng negadir darhol 14-turning QOLDIRILGAN o'yinlari o'tkazildi. 10-turda quyidagi natijalar qayd etildi:
«Marv» – «Ashxobod» – 2:0
«Shagadam» – «Nebitchi» – 1:0
«Kopetdag» – «Ahal» – 0:3
Hali etib kelinmagan 14-turning qoldirilgan o'yinlarida esa quyidagi natijalar qayd etildi:
«Arkadag'» – «Nebitchi» – 3:0
«Kopetdag» – «Shagadam» – 0:1
Turnir jadvalida 10 o'yindan 24 ochko jamg'argan «Ahal» peshqadamlik qilmoqda. «Arkadag'» 7 o'yinda 21 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.