Superliga. Turnir tubidagilar to'qnashuvida "Qizilqum" mehmonda "Sho'rtan"dan ustun keldi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 22:24
  • 39
  • 30

Superliga 15-turining ilk uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga

15-tur

"Sho'rtan" – "Qizilqum" 1:2 (TUGADI)

G'uzor. "Markaziy" stadioni. 20:00

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Sardor Hakimov, Dilshod Jumaniyozov, Jahongir Noraliev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Sherzod Azamov

Komissar: Samandar Ibragimov

Gol: Roman Papariga (Farhod Bekmurodov) 42, 0:1, G'anisher Qodirov (Azizbek Pirmuhammadov) 45+2, 1:1, Ilhom Vahobov 70, 1:2

"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 10.Temur Mamasidiqov ( 8.Shahboz Nuriddinov,65), 15.Jo'rabek Mannonov (14.Abrorbek Toshqo'ziev,46), 19.Nuriddin Hasanov ( 99.Komron Saydazimov,73) 22.Sardor Sadullaev (11.Daler Sharipov, 81), 24.Doniyorjon Narzullaev, 33.Bekjon Rahmatov, 45.G'anisher Qodirov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 77.Asadbek Saitxonov (7.Bekzod Suvonov,65)

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 5.Mirkomil Abdurazzoqov,   17.Javohir Hasanov, 70.Mirjalol Jumaev,

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Davron Anvarov (20.Bobomurod Bozorov, 83), 10.Roman Papariga ( 70.Alen Mashovich,83) 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmuratov (8.Shahzod Rahmatullaev,66), 23.Samandar Shukurullaev (19.Ilhomjon Kenjaev, 58), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 88.Dushan Miyich.

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 2.Kamron Norqulov, 6.Murodali Usmonov,  17.Akmaljon Muzaffarov, 33.Sulton Rahmatov,

Ogohlantirish: Dilshod Komilov ("Qizilqum") 67

MATNLI TRANSLYACIYA


90+6. Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

86. Abror Toshqo'zievning Quvvatov darvozasiga boshi bilan bergan zarbasi ustunga tegib qaytdi.

83. O'ZGARISH. "Qizilqum", Roman Papariga o'rniga Alen Mashovich, Davron Anvarov o'rniga Bobomurod Bozorov tushdi.

81. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Sardor Sadullaev o'rniga Daler Sharipov tushdi.

73. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Nuriddin Hasanov o'rniga Kamron Saidazimov tushdi.

70. GOL. Bu turda chiroyli gollar ko'rishda davom etamiz. Ilhom Vahobov kuchli va aniq zarba bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi.

67. OGOHLANTIRISH. "Qizilqum", Dilshod Komilov

65. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Timur Mamasidiqov o'rniga Shahboz Nuriddinov, Asadbek Saitxonov o'rniga Bekzod Suvonov tushdi.

58. O'ZGARISH. "Qizilqum", Samandar Shukurullaev o'rniga Ilhomjon Kenjaev tushdi.

54. O'yin biroz jonlandi

46. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Jo'rabek Mannonov o'rniga Abror Toshqo'ziiev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.



45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+2. GOL. "Sho'rtan" birinchi bo'limning so'nggi soniyalarida hisobni tenglashtirdi. Chap qanotdan  Azizbek Pirmuhammadov bergan uzatmani G'anisher Qodirov golga aylantirdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. GOL. Uchrashuvda hisob ochildi. Bekmurodovning uzatmasidan so'ng Roman Papariga raqib darvozasini ishg'ol qildi.

34. "Sho'rtan"dan xavfli yurish. Mamasidiqov darvozani aniq nishonga ololmadi.

32. To'p nazorati "Qizilqum"da.

24. O'yinda temp yuqori deb bo'lmaydi. Darvozalar oldida keskinlik ko'p emas.

19. Uchrashuv mehmonlarning nazorati ostida o'tmoqda. Mezbonlarning mudofaa chizig'i yaxshi harakat qilyapti.

13. "Qizilqum" posboni Sanjar Quvvatov raqib futbolchisi yo'llagan  zarbani qaytardi.

11. ZARBA. Roman Papariganing yaqin masofadan tepgan to'pini Eshbo'taev qaytardi.

10. ZARBA. Jumanqo'zievning zarbasi noaniq chiqdi.

6. O'yingohdagi elektr muammosi bartaraf etildi. O'yin davom etadi.

6. Stadionda elektr taminoti bilan bog'liq muammo kuzatildi. Hakam o'yinni to'xtatdi.

1. ZARBA. "Sho'rtan"dan o'yindagi dastlabki hujum. Temur Mamasidiqovning jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

- O'yinga start berildi.

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar