
"TyC Sports" nashri malumotiga ko'ra, Argentina termasi oktyabr oyida ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun Xitoy mamlakatiga etib boradi. U erdagi ilk o'rtoqlik o'yini mezbon Xitoyga qarshi bo'ladi. Ikkinchi raqib esa Yaponiya, Rossiya yoki Janubiy Koreya termalaridan biri bo'lishi mumkin. Bu borada muzokaralar davom etmoqda.
Shuningdek, Argentina termasi noyabr oyida Qatar va Angola mamlakatlarida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishni reja qilgan va bu borada termalar bilan muzokaralarni olib boryapti.