Superliga. "Xorazm" - "Mashal" 3:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 18.05.2025 21:40
  • 63
  • 30

Superliga 10-turi doirasidagi "Xorazm" - "Mashal" o'yini boshlandi.


 “Xorazm” — “Mashal” 3:0 LIVE

18.05.2025. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 20:15

Hakamlar: Shavkat NasibullaevSardor Hakimov, Daniil YacenkoMuntoz Toshmurodov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR hakami: Asker Najafaliev

AVAR hakami: Roziyabonu Yusupova

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Shahrom Samiev 7, - 1:0 (Vladimir Bubanya). Xazratjon Tursunqulov 18, - 2:0 (Sunnatulla Abdullajonov). Sunnatulla Abdullajonov 58, - 3:0 (Humoyunmirzo Iminov).

"Xorazm": 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 7.Temurbek Ismailov, 8.Xazratjon Tursunqulov, 9.Jasur Azimov, 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Vladimir Bubanya, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 44.Dostonbek Tursunov, 77.Sunnatulla Abdullajonov, 88.Abror Xo'sinov, 99.Shahrom Samiev

Zaxira: 12.Sardor Qobuljonov, 3.Ravshanbek Sultonov, 4.Farruxjon Ibrohimov, 5.Dilshod Jo'raev, 10.Murodbek Bobojonov, 18.Francis Narx, 20.Danila Ejov, 22.Sanjar Shoaxmedov, 79.Azizjon Ahrorov

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov, 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 19.Islom Sharipov, 22.Nurjahon Muzaffarov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 28.Ergash Ismoilov, 96.Ibrohim No'monov

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Mudasiru Salifu, 6.Javohir Abdualimov, 9.Ibrohim G'anixonov, 17.Anvar Murodov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 27.Zafarbek Akramov, 30.Shoxnazar Norbekov, 37.Sherzod Fayziev



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 


58. GOL! Iminovdan to'pni qabul qilib olgan Abdullajonov raqib jarima maydoni ichida bir himoyachidan o'tib kuchli zarba bilan hisobni yiriklashtirdi - 3:0. 

56. GOL! Abdullajonovdan to'pni qabul qilib olgan Iminov birga bir vaziyatdan gol urdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi va gol inobatga olinmadi 

47. "Mashal"ning hujumi, chap qanotdan Sharipov tepgan to'pni Muhammadjonov ushlab oldi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 2:0

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi

39. "Xorazm" yana burchak to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Dostonbek Tursunov darvoza tomon yo'lladi, darvoza chizig'i ustida turgan Ergash Ismoilov to'pni qaytarib yubordi!

31. ZARBAA! O'ng qanotdan Mamatxo'jaev uzatgan to'pni Murtozaev jarima maydoni ichida egallab darvozaga zarba berdi, Muhammadjonov to'pni qaytarishga erishdi!

20. UXXX! Darvoza to'sini! "Mashal"ning javob hujumi, Islom Sharipovning to'p uzatishidan keyin Humoyun Murtozaev birga bir vaziyatda yaqin masofadan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! 

18. GOL! Sunnatulla Abdullajonov bilan "devor" uslubida kombinaciya tashkil etgan Xazratjon Tursunqulov jarima maydon ichidan gol urdi - 2:0. 

12. ZARBA! "Xorazm"ning hujumi, Abror Xo'sinovning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi bilan tugadi, Umidjon Hamroev to'pni qaytardi!

7. GOL! Ismoilov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Bubanya to'pni darvoza yoniga tashlab berdi Samievning chap oyoqda yo'llagan zarbasi golga aylandi - 1:0. 

2. "Xorazm" burchak to'piga ega bo'ldi. Iminovning uzatgan to'pini sheriklari darvozaga yo'llay olishmadi

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar