Akmal Rustamov: "Omad biz tomonda bo'ldi"

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 23:40
  • 51
  • 30

Superliganing 15-turi doirasida "Sho'rtan" - "Qizilqum" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Guvohi bo'ldingiz, juda og'ir o'yin bo'ldi. "Neftchi" bilan o'yindan keyin futbolchilarimizda toliqish holatlari bor edi. Shunga qaramay bugungi bahs uchun yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Bugungi o'yinda omad biz tomonda bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq bulardan foydalana olmadik. Gol urgan bo'lsak-da, birinchi bo'lim oxirida baribir darvozamizdan to'p olib chiqdik. Ikkinchi bo'limda omad biz tomonda edi, yigitlarimga rahmat aytaman, borlarini berishdi. Ulardan bugun mamnunman.

- Birinchi davra yakunlandi. Davralar oralig'idagi o'zgarishlar, rejalar qanday?

- Albatta, o'zgarishlar bo'ladi. O'zgarishlar matbuotda elon qilinadi. Ikki-uch futbolchi olib kelish niyatimiz bor. Yangi qon bo'lsa, jamoada o'zgarish bo'ladi. Oldimizda bir oy bor, ishlaymiz. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni 12-13 iyuldan boshlaymiz. Dastlabki 10 kun tayyorgarlik Navoiyda bo'lsa, qolgan kunlari Toshkentda bo'lamiz deb rejalashtiryapmiz. Navoiydan kelib, qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Uylariga yaxshi etib olishsin va doimo sog'-salomat bo'lishsin. Hammalariga rahmat.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar