iks
ads

Braziliyalik afsona yong'in oqibatida kasalxonaga tushib qoldi

  • Mr.NoBoDy 20.05.2025 11:16
  • 816
  • 30

"Bavariya" va "Inter" sobiq futbolchisi Lusio baxtsiz hodisa natijasida kuyish jarohatini oldi.

Bu haqda "Globo" xabar bermoqda. 

Manbaga ko'ra, payshanba kuni Lusioning uyida kamin portlagan. Braziliyalik futbolchi kasalxonaga yotqizilgan. Sobiq futbolchining ahvoli barqaror deb baholanmoqda va u hushida.

Lusio faoliyatini 2020 yilda yakunladi. Himoyachi Evropada "Bayer", "Bavariya" va "Inter" jamoalarida to'p tepgan. "Bavariya" bilan 3 marta Bundesliga va Germaniya Kubogini qo'lga kiritgan. "Inter" bilan birgalikda Italiya chempioni bo'lgan va Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар