U Messining jamoadoshiga aylanishi yuqori. 39 yoshli yarim himoyachiga “Inter Mayami“ qiziqish bildirmoqda. O'z o'rnida xorvatiyalik futbolchi ham faoliyatini AQSHda davom ettirishga rozilik bergan.
Eslatib o'tamiz, Modrich klublar o'rtasidagi JCHdan so'ng “Real Madrid“ni tark etadi. “Qaymoqranglilar“ tarkibida Modrich barcha turnirlarda 590 o'yinda qatnashib, 43 gol va 95 assist qayd etdi. “Real“ Modrich bilan birgalikda 6 marta ECHL bosh sovrini, 4 marta mamlakat chempionligi, 2 marta Ispaniya Kubogi va 5 marta Ispaniya Superkubogiga ega chiqdi.