Manba bergan xabarga ko'ra, “qaymoqranglilar“ning ro'yxatiga “Milan“ yarim himoyachisi Teyani Reynders, “Shtutgart“ yarim himoyachisi Angelo Shtiller va “Bayer“ yarim himoyachisi Eksekiel Palasios kiritilgan.
Qayd etilishicha, Reynders uchun kurashda ispan grandiga futbolchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor bo'lgan “Manchester Siti” raqiblik qilishi mumkin. O'z navbatida Shtiller “Real“ga 36,5 million evroga tushishi mumkin. Palasiosning narxi esa 40 million evroga baholanmoqda.