"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone va uning rafiqasi Karla Pereyra Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning sobiq maslahatchisi Andrey Portnov o‘ldirilishiga guvoh bo‘lishdi. Bu haqda El Espanol xabar berdi.
Portnov Posuelo-de-Alarkon shahridagi Amerika maktabi yaqinida otib o‘ldirilgan. Ayni shu maktabda Simeonening qizlari Francheska va Valentina ta’lim oladi. Shuningdek, Portnovning bolalari ham shu yerda o‘qishadi.
«Bu hamma uchun juda og‘ir vaqt edi. Jabr ko‘rgan oilalarga nisbatan ko‘proq hurmat so‘rayman. Rostini aytsam, biz uchun bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni himoyalash juda muhim», — degan Simeonening rafiqasi so‘zlarini keltiradi manba.
Eslatib o‘tamiz, voqea 21 may kuni sodir bo‘lgan. Jinoyatni amalga oshirgan shaxslar haligacha topilmadi.