22 yoshli o'ng qanot himoyachisiga “Manchester Siti“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq “Nyukasl“ o'z himoyachisi bilan xayrlashish niyatida emasligini malum qilgan.
Joriy mavsum Livramento 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta golli uzatma bor. Futbolchining “Nyukasl“ bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.