Ronaldu o'rnini bosadigan besh futbolchi: yangi avlod yulduzlari

  • Mr.NoBoDy 24.05.2025 11:08
  • 156
  • 30

Krishtianu Ronalduning futbolga tasirini ortiqcha baholash qiyin.

U butun dunyo bo'ylab yuz minglab (hatto millionlab) yosh yigit-qizlar uchun haqiqiy qahramon. Portugaliyalik yulduz klub va xalqaro darajada deyarli hamma narsani yutgan — faqat jahon chempionligi bundan mustasno. Ronaldu "Manchester Yunayted" va Madridning "Real" klubida tarixdagi eng yorqin futbolchilardan biriga aylangan. U besh marta "Oltin to'p" sohibi bo'lgan va boshqa ko'plab mukofotlarni qo'lga kiritgan, bu esa uni futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri sifatida tasdiqlaydi.

Ronaldu — futbol tarixidagi eng yaxshi to'purar. Avval 900 ta gol urdi, endi esa minginchi golni nishonlash niyatida. 40 yoshida ham g'alabalar va rekordlar sari intilishi aql bovar qilmas darajada. Faqat oxirgi paytlarda g'alabalar bilan omadi kamroq kelmoqda. "Al-Nasr" Krishtianu hech narsa yutmagan ilk klubga aylanishi mumkin. Portugaliyalik hatto Saudiya Arabistonida ham ko'proq mag'lubiyatga uchrayapti, Evropaga qaytish esa rejasida yo'q.

Uning klubni tark etishi yoki hatto faoliyatini yakunlashi haqidagi mish-mishlar tobora ko'paymoqda. Bu yoshda hech narsani inkor qilib bo'lmaydi. Ammo portugaliyalik mingta gol urmaguncha faoliyatini yakunlashiga ishonish qiyin. Shuni tan olish kerakki, Krishtianuning afsonaviy davri sekin-asta orqada qolmoqda. Endi esa yangi yulduzlar muntazam paydo bo'lyapti — shunday salohiyat egalari borki, ular ham bir kun kelib portugaliyalik afsonaning yutuqlariga yaqinlashishlari mumkin. Keling, endi Ronaldu o'rnini katta sahnada bosishi mumkin bo'lgan besh futbolchini ko'rib chiqamiz.


Kilian Mbappe


"Real"da Krishtianuning vorisi sifatida birinchi navbatda yodga olinadigan inson aynan Mbappe. Undan yangi klub ramzi va uzoq yillar davomida eng yaxshi to'purar bo'lishi kutilmoqda. Bu transfer o'zini oqlashi mumkin, hatto "qaymoqranglilar" Mbappe bilan ham o'ta muvaffaqiyatli mavsum o'tkazmayotgan bo'lsa-da. Francuz "qirollik klubi"da anchadan beri asta-sekin kuchayib, allaqachon Ispaniya chempionatida 27 ta, barcha musobaqalarda esa 39 ta gol kiritdi. Mbappe "Real" tarixidagi eng yaxshi debyut mavsumini o'tkazib, nafaqat Ronaldu, balki Ivan Samorano rekordini ham yangiladi.

Mbappe debyut mavsumidayoq dubllar va xet-triklar muallifiga aylandi, jumladan "Barselona"ga qarshi o'yinlarda ham. U "Real" va Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purari. 27 ta gol urgan francuz o'tgan mavsumdagi natijasini takrorladi, biroq o'shanda o'zining avvalgi ligasi — Liga 1da o'ynagan edi. Mbappe — gollar kafolati. Ko'plab gollar. U Madridda Ronaldu darajasidagi yulduzga aylana oladimi? Albatta, agar o'zi istasa. Kilian allaqachon Krishtianuning debyut mavsumidagi gol rekordini yangiladi va bu hali boshlanishi.




Erling Xoland


Xoland — futbolning yangi davrini boshlab berishi mumkin bo'lgan yana bir futbolchi. To'purarlik nuqtai nazaridan, Erling "yangi Ronaldu" bo'lish sari harakat qilmoqda. U ham xuddi Krishtianudek gol urishga chanqoq. Norvegiyalik "Zalcburg"da istiqbolli hujumchi, Dortmund "Borussiya"sida sifatli futbolchi, "Manchester Siti"da esa allaqachon shakllangan yulduz sifatida o'zini ko'rsatdi. Dastlabki mavsumidayoq Premer-liga tarixida bir mavsumda eng ko'p gol urish rekordini yangilab, 36 ta golga mualliflik qildi.

2021 yildan beri Erling har mavsum kamida 20 ta gol urib kelmoqda. Hozirgi yoshi uchun bu juda yaxshi natija. Norvegiyalik hujumchi atigi 24 yosh. U allaqachon trebllar sohibi, ammo yana o'sish va rivojlanish imkoniyati bor. Xoland o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqqanida qanday bo'lishini tasavvur qilish ham qo'rqinchli. Agar Erling shu tempda davom etsa, Ronaldu rekordlarining ko'pini yangilaydi — u allaqachon ko'plab APL afsonalarining natijalaridan o'ziga ketdi. Mbappe va Xoland zamonaviy futbolning yangi erasi ramziga aylanishi kutilmoqda. Bu albatta yuz berishi mumkin.




Jud Bellingem


Bellingem 2023 yil yozida Dortmundning "Borussiya"sidan "Real"ga o'tdi. Transfer summasi 113 mln evroni tashkil etdi. Yangi yarim himoyachi birinchi mavsumdayoq o'zining qanchalik qimmat turishini isbotladi. 20 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar"ning Ispaniya chempioni va Chempionlar ligasi g'olibi bo'lishida muhim rol o'ynadi. Debyut mavsumidayoq u "qirollik klubi"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi — faqat La Ligada 19 ta gol urdi. O'sha mavsumda Jud ko'plab muhim gollar urib, "Real"ga ochkolar va g'alabalar keltirdi.

Bellingem jamoaning haqiqiy lideriga aylandi, dunyoning eng kuchli klublaridan biriga bunday katta masuliyatdan cho'chimadi. "Real"ga aynan shunday o'yinchi etishmayotgan edi. "Qaymoqranglilar"da kuchli futbolchilar, yulduzlar ko'p, ammo jarohat olgan Dani Karvaxalni hisobga olmaganda, haqiqiy lider yo'q. Bellingem "blankos" uchun Ronaldu kabi ramziy futbolchiga aylanishi mumkin. Evropa futbolida ham, shubhasiz, iz qoldiradi. Jud atigi 21 yosh, biroq u allaqachon tajribali futbolchi va jamoasini ortidan ergashtira oladi. Balki u Krishtianudek ko'p gol urmas, lekin klub va terma jamoasiga juda katta tasir ko'rsata oladi.




Lamin Yamal


Yamal — futbol olamida kam uchraydigan fenomen, garchi istedodlar ko'p bo'lsa-da. "Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi takidlaganidek, bunday futbolchilar har 50 yilda bir marta tug'iladi. Bu haqiqat. Lamin — hammasi osonlik bilan amalga oshayaptigandek ko'rinadigan futbolchilardan. Albatta, bu faqat ko'rinishda — u o'z ustida ko'p ishlaydi, lekin maydonda raqiblari bilan oson kurashib, darvoza sari yorib o'tadi, gollar uradi va samarali paslar bera oladi. "Barselona"ning yosh vingeri o'zini ham, muxlislarni ham zavqlantiradi — bu zamonaviy futbol uchun aynan muddao.

Yamal "Barselona" asosiy tarkibida atigi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda, biroq jamoani usiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Lamin — Evropa chempionatining eng yosh g'olibi, Chempionlar ligasi yarim finalida gol urgan eng yosh futbolchi (Mbappe rekordini yangiladi), Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordchi va bularga atigi 17 yoshida erishdi. Balki hali erta, biroq bunday futbolchi Evropa maydonida Ronaldu o'rnini bosishi aniq. "Barselona"da bu darajadagi istedod Messi davridan beri bo'lmagan, Yamal allaqachon u bilan solishtirilmoqda.




Niko Uilyams


Inyaki va Niko Uilyamslar zamonaviy "Atletik" ramzi hisoblanadi. Ular jamoasining asosiy futbolchilaridan. Ayniqsa, Niko bu borada ajralib turadi. 22 yoshida u allaqachon "Atletik" safida 166 ta o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol urgan va 30 ta samarali pas amalga oshirgan. Uilyams ketma-ket uchinchi mavsum La Ligada "gol+pas" tizimi bo'yicha kamida 10 ochko jamg'arab kelmoqda. U allaqachon sifatli futbolchi, ammo Evropa chempionatidan so'ng, Yamal bilan yaxshi tandem hosil qilib, Angliyaga qarshi finalda gol urganidan so'ng, unga yanada etibor ko'paydi.

Uilyams kabi futbolchilar Ispaniya va Evropaga zarur. O'tgan yozda "Barselona" hamda boshqa top klublar uning transferini istaganini eslasak, futbolchining darajasi yuqoriligini ko'rish mumkin. Nikoning "Atletik"ni tark etishni rad etgani ko'pchilikni hayratga soldi. Balki u shunchaki o'zini yaxshi ko'radigan joyni tark etishni istamagan. Balki hali yuqori darajaga chiqishga erta deb o'ylagan. Biroq yosh vinger top-klubga o'tsa va o'zini ko'rsata olsa, qitaning eng kuchli futbolchilari bilan raqobatlashadi va o'z nomini tarixga muhrlaydi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar