Manbaga ko'ra, futbolchi tomoni ingliz klubi bilan shartnomaning barcha shaxsiy tafsilotlarini kelishib olgan, shundan so'ng yozma shartnoma tuzilgan. Endi futbolchining transferi bo'yicha klublar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borilmoqda.
Manbaning yozishicha, "Bayer" ham transferni amalga oshirishga tayyor. Klub transferni kechiktirmoqchi emas, chunki Virc mersisaydliklar safiga o'tish istagini bildirgan.
Virc joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 140 mln evroni tashkil etadi.