Gollarga Kilian Mbappe mualliflik qildi. Shu tariqa, franciyalik hujumchining La Ligadagi gollarining soni 31 (62 ball) taga etdi. 26 yoshli futbolchi “Oltin butsa“ uchun kurashda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Mbappe mazkur natija bilan “Sporting“ hujumchisi Viktor Gyokereshni ortda qoldirdi.
Shuningdek, “Liverpul“ yarim himoyachisi Muhammad Saloh hisobida 28 ta gol (56 ball) mavjud. Uning jamoasi APLda “Kristal Pelas“ga qarshi maydonga tushadi. Agar ushbu bahsda Saloh 3 tadan ko'p gol urmasa, Mbappe “Oltin butsa"ga ega chiqadi.