
London klubi "Parma"dan Zion Suzuki va "Byornli"dan Jeyms Trafford nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Suzukining bozor narxi 14 mln evroga baholanmoqda. Trafford esa 20 mln turadi.
Joriy mavsumda "Chelsi" darvozasini Robert Sanches va Filip Yorgensen qo'riqlamoqda.
"Chelsi" APL mavsumi yakunlanishiga bir tur qolganida beshinchi o'rinda bormoqda.